Messi uchinchi farzandi uchun ism o'ylab qo'ydi

Aslanov Jasurbek
7 fev 2018
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining xotini Antonella Rokucco tez orada uchinchi farzandini dunyoga keltiradi.

Ayni damda ushbu juftlikning ikki o'g'il farzandi bor. Ularning ismi Tyago va Mateo. Ma'lumotlarga ko'ra, Lionel va Antonellaning uchinchi farzandi ham o'g'il bo'ladi. Argentinalik forvard va uning umr yo'ldoshi "yangi mehmon"ga Chiro deb ism qo'yishga qaror qilishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.com