Messi navbatdagi sovriniga ega chiqdi

Khoja
10 dek 2025
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi ketma-ket ikkinchi mavsumda MLSning "Yilning eng yaxshi o'yinchisi" deb topildi.

Bu haqda liga rasmiy veb-saytida e'lon qilindi.

Argentinalik futbolchi MLS tarixida ketma-ket ushbu mukofotni qo'lga kiritgan birinchi futbolchi bo'ldi. O'tgan mavsumda u 49 ta o'yinda 43 ta gol urdi va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Messi shuningdek, ketma-ket ikki mavsumda kamida 36 ta gol urgan birinchi MLS futbolchisi hisoblanadi. Pley-offda argentinalik futbolchi + 15 ta golda ishtirok etdi va bu ham yangi rekord hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda mavsumda Messi jamoasiga MLS kubogini yutishda yordam berdi.


KhojaMuallif
Manba: MLS.com