Messi faoliyatidagi ikkinchi penta-trikni qayd etdi

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2022
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuv doirasida Argentina Lionel Messining beshta goli evaziga Estoniyani yirik (5:0) hisobda mag'lub etdi.

Messi professional faoliyati 2-marotaba penta-trikka erishdi. Dastlabkisi esa 2012 yil Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Barselona" tarkibida “Bayer”ga qarshi (7:1) o'yinda yuz bergandi.

Eslatib o'tamiz, Messi 56-marotaba bir o'yin davomida 3+ gol urishga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia