Messi Argentinaning JCH-2026 saralashi doirasidagi o'yinlariga chaqirildi
Omonjon To`xtamirzayev
1 sen 2023, 14:15
Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi JCH-2026 saralashi doirasidagi dastlabki o'yinlar uchun tarkibni e'lon qildi.
Amaldagi jahon chempionlarining tarkibiga "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi ham taklif qilingan.
Eslatib o'tamiz, 8 sentyabr sanasida argentinaliklar o'z uyida Ekvadorni qabul qilsa, 12 sentyabr kuni Boliviyaga safar qiladi.