"Mening uyim – faqatgina "Manchester Yunayted"

Tolibjon Qosimov
7 avg 2024
Robin van Persi qaerni o'z uyi deb bilishini aytib o'tdi.

"Mening uyim – faqatgina "Manchester Yunayted". Ular sabab birinchi Premer-liga sovrinimni yutganman. YCHL doirasida "Fenerbaxche" tarkibida MYU darvozasiga gol urganimda muxlislar meni olqishlashgan. Jamoasi gol o'tkazgan, lekin golni men urganim sabab muxlislar olqishlashgan.

"Arsenal"ga to'xtaladigan bo'lsak, jamoa muxlislari mening futbolkamdan voz kechishga tayyor, garchi men ushbu klubga 8 yil umrimni sarflagan bo'lsam ham. Men chindan ham u erga yana qaytib borishni xohlamayman", – degan sobiq hujumchi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Athletic