"Mec" murabbiyi Mbappeni tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2021
"Mec" ustozi Frederik Antonetti PSJga qarshi o'yindan keyin parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe amalga oshirgan provokacion xatti-harakatlariga e'tibor qaratdi.

Eslatib o'tamiz, o'yin oxirida 22 yoshli futbolchining xatti-harakatlari maydonda mojaroni keltirib chiqardi.

95-daqiqada Ashraf Hakimining g'alabali golidan so'ng fransiyalik yulduz "Mec" darvozaboniga nimadir deb baqirdi, bu uning tajovuziga va keyinchalik Neymar bilan tortishib kyetishiga sabab bo'ldi.

"Men Mbappeni yaxshi ko'raman, lekin agar u uni yoqtirishlarini istasa, o'zini boshqacha tutishi kerak. Agar u kamtarroq bo'lsa, bu uning foydasiga ishlardi", – dedi Antonetti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe