

25 yoshli futbolchi o'yinda ishtirok etmaganiga tizzasidan olgan jarohat sabab bo'lgan ekan. U o'yindan oldin o'zini yomon his qilgan va shu sababli shifokorlar uni Parijda qoldirishga qaror qilishgan. Hozircha Mbappening qancha muddatga safdan chiqqani borasida aniq ma'lumot berilmagan.
Eslatib o'tamiz, Mbappe mavsum yakunidan so'ng Parijni tark etadi va katta ehtimol bilan Real Madrid safiga borib qo'shiladi.



