Mbappe FFF prezidentiga: “Afsonaga bunday xurmatsizlik qilib bo'lmaydi”

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2023, 08:30
PSJ forvardi Kilian Mbappe Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Noel Le Greni tanqid qildi.

Zinedin Zidan Fransiya TJ boshqarishga asosiy nomzod edi, ammo hozirgi murabbiy Dide Desham bilan shartnoma 2026 yil yozigacha uzaytirildi.

FFF rahbari Zidanning terma jamoaga kelish ehtimoli haqidagi mish-mishlar uni qiziqtirmasligi, qolaversa, ular o'rtasida telefon orqali suhbat bo'lganmi, deya berilgan savolga Le Gre francuz futboli afsonasi unga qo'ng'iroq qilsa, go'shakni ko'tarmasligini aytgan. Mbappe prezidentning ushbu so'zlariga quyidagicha munosabat bildirdi:

- Zidan – bu Fransiya. Afsonaga bunday xurmatsizlik qilib bo'lmaydi...


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/KMbappe