Mauro Ikardining turmush o'rtog'i va agenti Vanda Nara Madridga uchdi

Tolibjon Qosimov
24 yanv 2018, 14:55
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining turmush o'rtog'i va agenti Vanda Nara o'g'li bilan birga Madridga uchdi.

Nara instagramdagi sahifasiga o'g'li bilan birga uchayotgan suratni joyladi va tagiga shunday izoh yozdi: "Sayohat... ish yuzasidan".


To'g'ri, keyinchalik u Madrid orqali Argentinaga uchishiga oydinlik kiritgan. Lekin, bu narsa uning "Real" vakillari bilan uchrashishi mumkinligini rad etmaydi. Madridliklar uzoq vaqtdan buyon Ikardiga qiziqish bildirishmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/wanda_icardi