

"Galatasaroy" va PSJ klublari Mauro Ikardi transferi bo'yicha kelishuvga erishishdi. Ikardining o'zi ham klubda qolishga rozi bo'ldi. Keyingi hafta transfer bo'yicha barcha hujjutlar imzolanadi. Bu taniqli insayder Fabricio Romano tomonidan ma'lum qilindi.
Transfer summasi 10 mln evroni tashkil qiladi. Ikardi bilan shartnoma 2026 yilning yoziga qadar amalda bo'ladi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda turkiyaliklar safida ijarada o'ynagan hujumchi 26 o'yinda 23 gol urdi. Ikardi 2019 yili 58 mln evro evaziga "Inter"dan parijliklar safiga borib qo'shilgandi.



