"Mashal" "Buxoro"ni Qarshida qabul qiladi

Sherzod Nurmatov
4 dek 2025
Muborakdagi stadion bilan bog'liq muammolar tufayli "Mashal" 2025 yilgi mavsumni G'uzorda o'tkazishga majbur bo'ldi.

Superliga 30-turidan so'ng G'uzor shahridagi "Sho'rtan" stadionini kelasi mavsumga tayyorlash ishlari boshlab yuborildi va stadion o'yinlar uchun yopildi. Shundan kelib chiqib, "Mashal" pley-offni o'tkazish masalasida "Nasaf" bilan kelishuvga erishdi. 

Superligadagi o'rnini saqlab qolish uchun "Mashal" 5 dekabr kuni "Buxoro" bilan raqobat hosil qiladi. Bellashuv Qarshidagi "Markaziy" stadionida 15:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz