Marmush "Siti"dan ketmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026
"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush klubdagi kelajagi borasida qaror qabul qildi.

Nemis jurnalisti Florian Plettenberg ma'lumotlariga ko'ra, Marmush yanvar oyida "Manchester Siti"ni tark etishni rejalashtirmayapti. Ayni paytda misrlik futbolchi jamoada qolib, asosiy tarkibdagi o'rni uchun kurash olib borish niyatida.

Shu bilan birga, "shaharliklar" rahbariyati stolida ko'plab takliflar mavjud, jumladan, yetakchi klublar tomonidan ham.

26 yoshli misrlik futbolchi joriy mavsum klub miqyosida 15 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/plettigoal