Marmush "Manchester Siti"ning eng qimmat transferlaridan biri bo'ldi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2025
Omar Marmush "Manchester Siti"ning eng qimmat transferlari top-5 ro'yxatiga kirdi.

Hujumchi "Ayntraxt"dan "Manchester Siti"ga o'tishi uchun 63,2 mln funt to'landi va yana bir qancha bonuslar vada qilindi.

"Manchester Siti" tarixidagi eng qimmat transferlar kuchli beshligi shunday ko'rinish olmoqda:

1. Jek Grilish "Aston Villa"dan 100 mln funt evaziga

2. Yoshko Gvardiol "Leyptsig"dan 77,6 mln funt evaziga

3. Ruben Diash "Benfika"dan 65 mln funt evaziga

4. Omar Marmush – 63,2 mln funt evaziga

5. Rodri – 62,5 mln funt evaziga


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal