Marlon: "Final bahsi faoliyatimdagi eng muhim uchrashuv bo'ladi"

Абдулвосит Бектемиров
3 okt 2024
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/2 finali doirasida Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Braziliya terma jamoasi a'zosi Marlon saytimizga intervyu berdi.

"Barcha tabriklar uchun minnatdorchilik bildiraman. Mening fikrimcha, bugun juda qiyin bahs bo'ldi. Ukraina ancha jiddiy qarshilik ko'rsata oldi, ammo shunga qaramay biz o'yinga qayta oldik va "kambek" amalga oshirdik. O'yin davomida o'zimizning kuchli jihatlarimizni ishga solishimiz kerak bo'ldi. Jamoa o'zining to'liq salohiyatini ko'rsata olmagan bo'lsa ham, bugungi o'yinimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun etarli bo'ldi. Biz keyingi bosqichga o'tganimizdan xursandmiz. Ukraina terma jamoasi kuchli jamoa ekanligini isbotladi. Biz bugun ularga qarshi ancha qiynaldik. Keyingi bahs bizning hayotimizdagi eng muhim uchrashuv bo'ladi. Qarshimizda ikkita kuchli terma jamoa bor. Argentina bilan bitta qitadan joy olganmiz va ular qanchalik kuchli ekanligini bilamiz. Fransiya esa juda barqaror va ishonchli o'yin namoyish etib kelmoqda. Biz finalga tayyormiz", - deya fikr bildirdi Marlon.



Eslatib o'tamiz, Braziliya finalda Argentina - Fransiya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia