"Marakana" stadionida Adrianoning xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
17 dek 2024, 12:54
"Inter" sobiq forvardi Adriano futbol bilan rasman xayrlashdi.

Shou uchrashuvda "Flamengo" afsonalari "Italiya do'stlari" jamoasiga qarshi harakat qilishdi (4:3), Adriano har ikki jamoa safida bir taymdan harakat qilib, bittadan gol urdi.

O'yinning dastlabki 30 daqiqasidan keyin arena ekranida maxsus video namoyish etildi. Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan videorolikda futbolchining marhum otasi o'g'lini qo'llab-quvvatlovchi so'zlarni aytgani aks etgan.

Maydonga Adrianoning o'g'li - Adrianino ham tushdi. Shuningdek, mazkur bellashuvda Romario, Dida va Ze Roberto kabi o'tmish yulduzlari ham ishtirok etdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Sun