Manchini Italiya TJni qachon tark etishini aytdi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2021, 20:45
“Skuadra Azzura” bosh murabbiyi Roberto Manchini 2018 yildan beri mazkur termani boshqarmoqda.

“Qatardagi jahon chempionatidan keyin terma jamoa bosh murabbiyi bo'lmayman. Klubdagi murabbiylikka qaytaman”, deydi Manchini.

U Italiya termasini o'zidan keyin boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxassislar ro'yxatiga Massimiliano Allegri, Karlo Anchelotti va Jan Pero Gasperinini qo'shdi.

Italiyaliklar Manchini qo'l ostida 24 bahsda qatnashib, 15 ta g'alabani qo'lga kiritgan. Shuningdek, jamoa 7 bor durang o'ynab, 2 marta yutqazgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia