"Manchester Yunayted" yosh futbolchisini sotib yubordi

Mirjalol Normatov
21 avg 2024, 22:54
"Manchester Yunayted" Fakundo Pelistrini Gretsiyaga sotdi.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli yarim himoyachining transferidan klub 6 mln evro ishlab oladi. Shuningdek, yana 2 mln evro bonuslar tarzida taqdim qilinishi mumkin.

Mankunianliklar futbolchini 2027 yilgacha o'z tarkibiga qaytarib olishlari mumkin. Undan tashqari, "Panatinaikos" futbolchini sotadigan bo'lsa, 45 foiz mablag'ni MYUga to'lashi kerak bo'ladi.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Pelistri LaLigada "Granada" tarkibida o'tkazdi va 15 o'yinda qatnashib, 2 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano