"Manchester Yunayted" Mataning onasi o'limi munosabati bilan unga hamdardlik bildirdi

Alisher
30 mar 2021, 08:16
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mataning onasi davomiy kasallikdan so'ng vafot etdi.

"Biz Xuan Mataning onasi Marta Garsiyaning o'limidan chuqur qayg'udamiz. Sen va oilang haqida o'ylaymiz, Xuan", - deyiladi klub xabarida.

32 yoshli ispaniyalik futbolchini shuningdek David de Xea va Brunu Fernandesh ham qo'llab-quvvatladi. O'yinchining o'zi har bir o'yin oldidan onasida qo'ng'iroq qilishini bir necha bor takidlagan edi.

Mata joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd