

25 yoshli Tilemans shartnomasini uzaytirmasa, 2023 yilning yozida erkin agent sifatida "qizil iblislar" safiga qo'shilishi mumkin, Meddison uchun esa kattaroq summa to'lanishi lozim, chunki 26 yoshli futbolchi yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.
Meddisonning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Joriy mavsum hujumkor yarim himoyachi barcha turnirlarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Tilemans esa 2022/23 yilgi mavsum “Lester” safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



