"Manchester Yunayted" himoyachisi "Stok Siti"ga ijaraga berildi

Sherzod Nurmatov
1 fev 2023
MYU futbolchisi Aksel Tuanzebe mavsum oxirigacha "Stok Siti"da ijarada o'ynaydi.

25 yoshli himoyachi va akademiya tarbiyalanuvchisi "Manchester Yunayted"ning asosiy jamoasi safida 37 ta o'yin o'tkazgan.

Shuningdek, Tuanzebe Angliya Kubogida o'zining ilk klubi "Rochdeyl"ga qarshi o'yinda "Yunayted"ga sardorlik qildi va jamoani har bir yosh toifasida maydonga boshlab tushgan kam sonli futbolchilardan biri bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com