"Manchester Yunayted" Din Xendersonning o'rniga boshqa nomzod topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
22 iyun 2022, 22:35
"Uotford" posboni Daniel Baxmann "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

Ayni damda klublar futbolchining transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. "Uotford" esa posbonini sotishni istamoqda.

"Yunayted" esa ayni damda zaxira posboni izlayapti. Sababi yaqin vaqtlar ichida Din Xenderson "Nottingem Forest" jamoasiga o'tib ketadi va ikkinchi posbon masalasi ochiq qoladi.

Yakunlangan mavsumda avstriyalik posbon APLning 12 o'yinida qatnashib, 28 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal