"Manchester Yunayted" "Everton" himoyachisi uchun "Tottenxem" bilan raqobatlashmoqda

Sherzod Nurmatov
3 noya 2025, 14:50
Premer-liganing katta klublari "Everton" himoyachisi Jarred Brantueytga qiziqmoqda.

"Caught Offside" ma'lumotlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" "irislar" himoyachisini diqqat bilan kuzatib bormoqda. 

"Gudison Park"da 2030 yilgacha to'p tepishi mumkin bo'lgan shartnomani imzolagan Brantueyt "Everton" kelajagining muhim qismi hisoblanadi.

"Everton" qatiy qaror qabul qilgan: klub Angliya terma jamoasi futbolchisini sotish niyatida emas va uni taxminan 70 million funt sterlingga baholamoqda, bu raqam avvalroq "Yunayted"ni cho'chitib yuborgandi.

23 yoshli angliyalik himoyachi bu mavsum jarohati tufayli o'ynamadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside