"Manchester Yunayted" afsonasi klubning yozgi transfer kampaniyasini tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
16 okt 2025, 15:20
MYUning transfer siyosati bir necha yillardan buyon nafaqat muxlislar, balki klub afsonalari orasida ham jiddiy savollar tug'dirmoqda.

Masalan, Pol Skoulz jamoaning yozgi harakatlaridan noroziligini bildirdi. U Rasmus Xoylund 2023 yilda 20 yoshida jamoaga kelib qo'shilgani va yagona hujumchi sifatida katta bosim ostida bo'lganini ta'kidladi. Endi klub yosh hujumchi Benyamin Sheshkoni safiga qo'shib, xuddi shu xatoni takrorladi.

"Xoylundga qarang, yigit hozir 22 yoshda, jamoaga 20 yoshida qo'shilgan. "Manchester Yunayted"da faqat bir nafar markaziy hujumchi bor va barcha bosim unga tushdi. U muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Asta-sekin jamoaga qo'shilishi, avval boshlang'ich tarkibda, keyin zaxiradan maydonga tushishi kerak edi. Jamoada uch yoki to'rt nafar forard bo'lishi kerak.

Ular bu yozda nima qilishyapti? Bittasi bilan xayrlashib, boshqasini sotib olishyapti - juda o'xshash, amalda bir xil futbolchini! U 22 yoshda. Yomon boshlamadi va o'sib borayotgani ko'rinib turibdi. Biroq bunda sog'lom fikr qani?", – dedi Skoulz "The Good, The Bad and The Football" podkastida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail