"Manchester Yunayted" 25 yoshli vingerni 70 mln evroga sotib olishga tayyor

Sherzod Nurmatov
5 may 2025
"Brentford" vingeri Brayan Mbeumo faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "The Telegraph" yozmoqda.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli kamerunlik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Futbolchi mankunianliklarga 70 mln evroga tushadi.

Mbeumo joriy mavsum 39 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph