"Manchester Siti" Rodri bilan muzokaralarga kirishadi

"Manchester Siti" Rodri bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

ESPN ma'lumotiga ko'ra, yozda ingliz klubi futbolchining vakillari bilan gaplashib, uning klubda qolishga xohishi borasida qiziqib ko'radi. Tomonlarning amaldagi kelishuvi 2027 yil yoziga qadar davom etadi.

"Siti"dagilar futbolchining Ispaniyaga qaytib, faoliyatini LaLigada yakunlashni istayotganini bilishadi. Shu sababli klub va futbolchi barchasini aniqlashtirib olishi kerak. Oldinroq 29 yoshli Rodriga “Real” tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.

Ushbu mavsumda Rodri APLning 18 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.


Manba: ESPN