"The Sun" nashrining ma'lum qilishicha, "Manchester Siti" rahbariyati jamoaning braziliyalik kiperi Ederson Moraesning o'yinidan mamnun.
"Shaharliklar" u bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirishmoqda. Unga ko'ra, Edersonning maoshi oshiriladi. Ayni paytda darvozabon haftasiga 80 ming evro maosh oladi, yangi kelishuv bo'yicha qancha haq olishi esa ma'lum qilinmagan.