"Manchester Siti" himoyachisi "Vest Xem"ga o'tishni istamadi

Administrator
30 dek 2026, 22:40
Ake "Vest Xem"ni rad etdi.

"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake qishda jamoasini almashtirish niyatida. Niderlandiya terma jamoasining 30 yoshli himoyachisi APL jadvalida 18-o'rinni egallab turgan "Vest Xem"ga o'tishdan bosh tortdi.

talkSPORT xabar berishicha, Ake bu qishda "Siti"dan kyetishga qarshi emas, biroq ligada qolish uchun kurashayotgan jamoaga o'tishni istamayapti. Futbolchiga "Nyukasl", "Bornmut", "Kristal Pelas" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

"Shaharliklar" shartnomasi yana bir yarim yilga mo'ljallangan Natanni 21 million funtga baholamoqdalar.

Ispaniya ommaviy axborot vositalari "Barselona" Akeni jiddiy jarohat olgan Andreas Kristensenning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rib chiqishi mumkinligini ma'lum qilgan edi, ammo "Man Siti"ning talablari transferni deyarli amalga oshirib bo'lmaydigan darajaga olib kelmoqda.

Bu mavsumda Ake APLda atigi 8 ta o'yin o'tkazdi va faqat ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.


AdministratorMuallif
Manba: talkSport