"Manchester Siti" argentinalik 18 yoshli futbolchini sotib oldi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2024
“Manchester Siti” iqtidorli argentinalik futbolchi Klaudio Echeverrini sotib oldi.

18 yoshli yarim himoyachi "shaharliklar" bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Biroq u "Man Siti"ga bir yildan so'ng keladi - 2025 yilning yanvarigacha Klaudio "River Pleyt"da o'ynashda davom etadi.

Oldinroq "Siti" Echeverri uchun "River"ga 14,5 million evro, hujumkor yarim himoyachining o'yiniga qarab yana 9 million bonus to'lashi haqida xabar berilgandi.

"River Pleyt" asosiy tarkibida Echeverri 6 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, futbolchi Argentina U-17 terma jamoasi safida 22 o'yinda 13 gol urgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: mancity.com