"Malaga"ning yosh vingeri "Real" va "Barselona" e'tiboriga tushdi

Omonjon To`xtamirzayev
19 noya 2024
"Malaga" vingeri Antonio Kordero ispan futboli grandlari "Barselona" va "Real" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Kataloniyaliklar o'tgan yozda ushbu transferni amalga oshirmoqchi bo'lishgan, lekin "anchouslar" taklifni ko'rib chiqishni ham istashmadi. "Qaymoqranglilar" ham futbolchi bo'yicha ma'lumot so'rashgan.

Korderoning "Malaga" bilan kelishuvi 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumning 13 o'yinida futbolchi 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: marca.com