

Turk klubi 11-daqiqadayoq maydonda 10 kishi bo'lib qoldi. To'qnashuvdan keyin hakam VARga murojaat qildi hamda Gomesga qizil kartochka ko'rsatdi.
Bu "Trabzonspor"ga qimmatga tushdi - oradan atigi 3 daqiqa o'tgach, "Monako" futbolchisi Ben Yedder hisobni ochdi.
Birinchi bo'limda Ben Yedder penaltidan to'p kiritib, dublga erishtirdi.
Aksel Disasi esa 55-daqiqada Filippe Klement shogirdlarining g'alabasini taminladi. "Trabzonspor"dan esa Bakasetas jamoasining yagona golini 72-daqiqada urdi.
Shu tariqa, o'yin 3:1 hisobida yakunlandi.



