Makelele: “Ronaldinyoga uni kasalxonaga jo'natish bilan tahdid qilgandim”

28 mar 2019, 19:25
“Chelsi”sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele “Barselona”ning sobiq futbolchisi Ronaldinyo bilan maydonda bo'lib o'tgan qiziqarli suhbati haqida gapirdi.

“Bir vaziyatda (bu YCHL doirasida “Chelsi”- “Barselona” uchrashuvida sodir bo'lgan) men Ronaldinyoning oldiga borib shunday dedim: “Sen meni odatiy fintlar orqali aldab o'tishingni istardim. Agar “Play Statition”dagi kabi harakatlaringni amalga oshirishni boshlasang, men seni to'g'ri kasalxonaga jo'nataman...

Bilasizmi, u nima qildi? To'pni olib, menga yaqinlashdida “kechir meni, qariya”, dedi” Makelele RMC Sport muxbiri, hamyurti Vilyam Gallasga bergan intervyusida.

O'sha yili Makelele to'p tepgan “Chelsi” ikki uchrashuv natijasiga ko'ra “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan va yakunda kataloniyaliklar YCHL g'olibiga aylanishgandi.


Manba: RMC Sport