

Bu lyuksemburgliklarning 2011-2020 yillarda qo'lga kiritgan 10-rasmiy g'alabasi hisoblanadi. Qiziq jihati shundaki, mazkur terma jamoa 1911-2010 yillarda ham jami 10 ta uchrashuvni o'z foydasiga hal qila olgan.
Ushbu g'alabadan keyin Lyuksemburg (6 ochko) o'z guruhida 2-o'ringa ko'tarildi. Ma'lumot uchun, ayni paytda u terma jamoa FIFA reytingida 97, UEFA reytingida 40-o'rinni egallab turibdi.
Lyuksemburg – Kipr 2:0
10 oktyabr, 18.00, Jozi Bartel
Gollar:
1:0 – 12 Sinani, 2:0 – 26 Sinani.
Lyuksemburg – Moris, Yans, Karlson, Selimovich (Martins, 69), Pintu (Bensi, 68), Till, Till, Sinani (Skenderovich, 79), Barreyro, Rodrigesh, Jerson.
Kipr – Kiryakidis, Karo (Gogich, 61), Kusulos, Layfis, Uiler (Ioannu, 53), Artimatas (Kiryaku, 75), Pittas (Loizu, 75), Kastanos, Cionis (Antoniu, 46), Sotiriu, Xristofi.
Ogohlantirishlar:
Pittas (43), Kastanos (44), Rodrigesh (44), Selimovich (51).



