Lyuka Zidan "Eybar" sharafini himoya qiladi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2022
"Real" sobiq darvozaboni Lyuka Zidan erkin agent sifatida "Eybar"ga o'tdi.

24 yoshli fransiyalik futbolchi Segunda klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Zinedin Zidan o'g'lining so'nggi klubi "Rayo Valekano" bo'lib, oxirgi ikki mavsumda aynan o'sha yerda o'ynagan.

Darvozabon, shuningdek, "Rasing" va "Real Madrid B"dagi o'yinlari bilan ham tanilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sdeibar.com