

U bir uchrashuvni shartli ravishda o'tkazib yuboradi.
32 yoshli fransiyalik futbolchi Fransiya chempionatining 2-turidan o'rin olgan "Monpele"ga qarshi o'yinda (1:4) qizil kartochka olgani uchun jazolandi. Hujumchi his-tuyg'ularini tiya olmadi va yarim himoyachi Teji Savanega nisbatan qo'pollik ishlatdi.
Shu tariqa, Lyakazett keyingi ikki turda "Nicca" va PSJga qarshi o'ynay olmaydi. U "Gavr"ga qarshi o'yinda ishtirok etadi.



