"Roma"ga yaqindagina kelib qo'shilgan Adem Lyaich jamoaning Italiya Chempionati ikkinchi turi doirasidagi "Verona"ga qarshi o'yini qaydnomasidan o'rin oldi, deya xabar bermoqda Football Italia.
Futbolchi rimliklar safiga o'tgan chorshanba kuni 11 million evro evaziga "Fiorentinadan kelib qo'shilgan edi.
Eslatib o'tish joizki, "Roma"– "Verona" uchrashuvi 1-sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 21:00da bo'lib o'tadi.