Lutfulla To'raev noma'lum muddatga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2022
Bu haqida "Neftchi" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun bo'lib o'tgan "Neftchi" - "So'g'diyona" (1:2) bahsida mezbonlar sardori sifatida maydonga tushgan Lutfulla To'raev 78-daqiqada maydonni tark etdi. "Neftchi" klubi bosh shifokorining tashhisiga ko'ra, Lutfulla To'raev oyog'idagi jarohati jiddiy bo'lganligi sababli gips qilindi. Futbolchi noma'lum muddat "Neftchi"ga yordam bera olmaydi.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати