Luchesku – terma jamoalar tarixidagi eng yoshi katta murabbiy

Sherzod Nurmatov
6 sen 2025
Ruminiyalik taniqli mutaxassis Mircha Luchesku terma jamoa miqyosida futbol tarixidagi eng keksa murabbiyiga aylandi.

5 sentyabr kuni bo'lib o'tgan Ruminiya va Kanada o'yini vaqtida Luchesku 80 yoshu 1 oy 7 kunga to'lganli. Mutaxassis murabbiylik faoliyatini 1979 yilda boshlagan.

Avvalgi rekord urugvaylik Roke Maspoliga tegishli edi – 80 yil, 1 oy va 4 kun. Yosh bilan bog'liq rekord 1997 yildan beri saqlanib kelayotgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.ro