Loy yomg'ir yoqqan mashg'ulotdan FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
16 okt 2018, 12:41
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi o'yindan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi.

Ektor Kuper boshchiligidagi jamoamizning mashg'uloti TTYMI stadionida bo'lib o'tdi. Loyli yomg'ir yoqqan mashg'ulotdan suratlarni tomosha qiling.

Bugun 19:00. O'zbekiston - Qatar

KXDRga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaganlar kecha alohida shug'ullanishdi va engil mashqlarni bajarishdi.



Aziz Haydarov oldingi o'yinda sonining orqa mushaklaridagi engil shikastlanish sabab almashtirilgan edi. Kecha u mashg'ulotda ishtirok etmadi va faqatgina tomoshabin bo'ldi.




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia