"Lokomotiv" – "So'g'diyona" o'yini bosh hakami o'zgardi

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2024
"Lokomotiv" – "So'g'diyona" o'yini bosh hakamligiga tayinlangan Doston Mirzaraimov o'rniga uchrashuvni Shavkat Nasibullaev boshqarib boradi.

Xabaringiz bor, Superliga 12-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "So'g'diyona" o'yinida Doston Mirzaraimov bosh hakam sifatida ishlashi ma'lum qilingandi.

Ammo referi oyog'idan olgan jarohati sabab bahsda bosh hakamlik qila olmasligi ma'lum bo'ldi. Shu tariqa uning o'rniga tajribali Shavkat Nasibullaev uchrashuvni boshqarib boradigan bo'ldi.



"Lokomotiv" - "So'g'diyona"

22 iyun. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 20:00

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Jaloliddin Husniddinov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Avaz Abdullaev

Nazoratchi: Mo'min Majidov

Komissar: Shahzod Xolboev

Eslatib o'tamiz, mazkur to'qnashuv 22 iyun kuni soat 20:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази