"Lokomotiv" navbatdagi transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2019
O'zbekistonning 3 karra chempioni Lokomotiv klubi nikaragualik futbolchi Ariagner Smit Medina bilan kelishuvga erishdi.

Superliganing 1-davrasida Qizilqum tarkibida ajoyib o'yinlar namoyish qilib, muhlislar olqishiga sazovor bo'lgan 20 yoshli hujumchi ikkinchi davrani Lokomotiv tarkibida o'tkazadi.

Ma'lumot uchun

To'liq ismi: Ariagner Stiven Smit Medina

Tug'ilgan sanasi: 1998 yil 13 dekabr

Tug'ilgan joyi: Somoto, Nikaragua

Poziciyasi: hujumchi

Klublardagi faoliyati:

2014-2018 yillar Real Esteli (Nikaragua) - 41 o'yin (1918 daqiqa), 8 gol (6 assistentlik)

2018 yil Spartak Yurmala - 12 o'yin (519 daqiqa), 1 gol (3 assitentlik)

2019 yil 1-davra Qizilqum 11 o'yin (862 daqiqa), 3 gol (2 assistentlik)



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz