"Lokomotiv" "Instagram"da "So'g'diyona"ni "belgilab" qo'ydi

Mirjalol Normatov
27 noya 2021
Bugun Coca Cola Superligasi yakuniga etdi.

Tur doirasida "Lokomotiv" safarda "Nasaf"ni mag'lub etdi va qarshiliklarni 2-o'ringa ko'tarilib kyetishiga yo'l qo'ymadi. Ammo bu g'alaba "So'g'diyona"ga muhimroq bo'ldi. AGMK maydonida g'alabaga erishgan jizzaxliklar "Nasaf"ning mag'lubiyati sababli 2021 yilgi mavsumni 2-o'rinda yakunladi va OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

"Lokomotiv" o'zining "Instagram"dagi sahifasida esa so'nggi ikki postga "So'g'diyona"ni "belgilab" qo'ydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia