"Liverpul" yana bir ajoyib transferni amalga oshirishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2018, 23:39
"Beshiktosh" himoyachisi Domagoy Vida "Liverpul"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Liverpool Echo" xabariga ko'ra, mersisaydliklar futbolchi bilan kelishuvga erishib qo'ygan. Himoyachining transfer narxi 25 mln evroga teng bo'ladi. 29 yoshli xorvat "Liverpul" bilan 2+1 ko'rinishidagi bitimga imzo chekadi.

Vida shu yilning yozida erkin agent sifatida Turkiya jamoasiga borib qo'shilgandi. Shundan keyin u jamoa tarkibida 18 uchrashuvda qatnashib, 1 gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo