"Liverpul" Orelen Tchuameni atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
4 noya 2024, 10:59
Ingliz klubi yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Ma'lum bo'lishicha, "qizillar" Tchuameni jamoaning markaziy zonasini kuchaytira oladi, deb hisoblashadi.  

Shuningdek, futbolchining "Real"dagi o'rni avvalgidek emasligi, inglizlarga ushbu transferni amalga oshirish osonroq bo'lishiga zamin yaratadigandek ko'rinmoqda. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda "Real" Tchuameniga ortiq ishonmayotgani xabar qilingandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: RMC Sport