“Liverpul” muxlislari uchun navbatdagi xushxabar

Eldor Akmurzayev
24 fev 2021
Mersisaydliklar himoyachisi Virjil van Deyk bugun rasman maydonda yakka tartibda shug'ullanishni boshladi.

U o'tgan yilning oktyabrida olingan og'ir jarohatidan keyin tiklanish jarayonlarini davom ettirmoqda.

Niderlandiyalik maydonda to'p bilan ham ishlashni boshladi.

29 yoshli futbolchi APL 5-turi doirasida “Everton”ga qarshi o'tgan bahsda tizzasini shikastlab olgani tufayli jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazgan edi.

Avvalroq, “Liverpul” forvardi Diogu Jota jamoaviy mashg'ulotlarga qaytgani haqida xabar bergandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/LFC