"Liverpul" "Kristal Pelas" vingeriga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
22 okt 2022, 10:36
"Liverpul" "Kristal Pelas" vingeri Uilfrid Zaani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Yozda 29 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi tugaydi. "Liverpul" klubi qishda Zaani arzon narxda sotib olishni rejalashtiryaptimi yoki yo'q, hozircha noma'lum.

Eslatib o'tamiz, Uilfrid Zaa "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi hisoblanadi. 2015 yilda "Kristal Pelas" uning to'liq transferini e'lon qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato