"Liverpul" 10 mavsumlik antirekordini takrorladi

Mirjalol Normatov
21 mar 2026
"Liverpul" ushbu mavsum APLning 10 o'yinida mag'lub bo'ldi.

Bugun Arne Slot shogirdlari APLning 31-turi doirasida "Brayton" maydonida yutqazdi. Shu orqali "qizillar" mavsumdagi 10-mag'lubiyatini qabul qilib olishdi. "Liverpul" so'nggi marta 2015/16 yilgi mavsumda 10 marta mag'lub bo'lgan va o'shanda jamoa 8-o'rinda qolib ketgandi.

Ayni damda "Liverpul" 31 o'yinda 49 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 5-qatorda bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia