Liga 1. PSJ gollarga boy o'yinda 90+5 daqiqada gol urib, "Lion"ni mag'lub etdi

Alisher Ostonov
10 noya 2025
Liga 1 12-tur doirasidagi "Lion" - PSJ o'yini bo'lib o'tdi.

Uorren Zair-Emeri 26-daqiqada hisobni ochdi. Afonsu Moreyra 30-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ammo, Xvicha Kvaratsxeliya 3 daqiqada o'tib parijliklarni yana oldinga olib chiqdi. Bunga javoban Ensli Meytlend-Naylz 50-daqiqada PSJ darvozasini ishg'ol qildi. O'yin yakunlanayotgan bir paytda, aniqrog'i 90+5 daqiqada Joau Nevesh gol urib, jamoasiga g'alaba olib keldi.


10 noya 2025, 00:45
Olympique Lyonnais — Paris Saint Germain
2 – 3
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia