

Forvard endilikda Tailandning "Ratchaburi" sharafini himoya qiladi. "Ajdarlar" laqabiga ega mazkur klub Tailand chempionatida qatnashadi. Jamoa ayni paytda turnir jadvalida 8-o'rinda ketmoqda.

Ma'lumot uchun, Lima Kruz "Nasaf" tarkibida Superligada 34ta o'yinda maydonga tushgan va 6ta gol, 2ta assist amalga oshirgan. Jamoa bilan O'zbekiston Kubogi va Superkubogida g'olib chiqqan.



