"Leyptsig" Vernerning o'rniga osiyolik forvardni jalb qiladi

"Red Bull Zalcburg" va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Xvan Xi-Chxan faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Takidlanishicha, osiyolik futbolchi "RB Leyptsig" bilan kelishuvga erishgan. U "Chelsi"ga sotib yuborilgan Timo Vernerning o'rnini egallashi kutilmoqda.

Joriy mavsum 38 o'yinda 16ta gol urgan Xvan Xi-Chxanga "Liverpul" va "Vulverxempton" jamoalaridan ham qiziqish bildirilgan, ammo futbolchining o'zi "Leyptsig"ni tanlagan.


Manba: skysportaustria.at