

"Men ham hamma singari g'alaba qozonishni istayman. Menga g'alaba qozona olmaganimiz natijasidagi umidsizlik, balki bazi o'yinchilar va muxlislarning bosimi, g'alaba qozonish, pul, top murabbiy, katta nom kerak, degan gaplar ta’sir qildi.
Men biz deyarli sovrin yutgan davrni boshdan kechirdim, Maurisio [Pochettino] bilan yaxshi davrni o'tkaza oldik. To'g'ri, biz maqsadga eta olmadik, lekin juda yaqin kelgandik. Natijada, strategiyamizni o'zgartirishga to'g'ri keldi. Unga ko'ra, sovrinlar yutish bo'yicha mutaxassisni jamoaga olib kelish kerak edi va biz buni ikki marta amalga oshirdik. Hammamiz xatolarimizdan xulosa chiqarishni bilishimiz zarur.
Ular [Mourinyo va Konte] ajoyib murabbiylar, lekin balki bizning klub uchun emasdir. Biz ma'lum o'yin uslubiga egamiz va u bilan sovrin yutish uchun vaqt talab qilinsa, shu to'g'riroq variantdir.
Shu sababli, bosh murabbiylikka Ange [Postekoglu]ning olib kelinishi, menimcha, juda to'g'ri qaror bo'lgan".



